AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi janjal ortidan 10 kishi qamoqqa olindi

10 erkak birgalashib aka-ukani urib, tan jarohati yetkazishgan.

'Qashqadaryodagi janjal ortidan 10 kishi qamoqqa olindi'ning rasmi

Joriy yilning 14 fevral kuni soat 19-30 larda Chiroqchi tumanida joylashgan "Sharjah" sport kompleksda shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida, shu tumanda yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro Q.O. to‘qqiz nafar sheriklari bilan aka-uka J.I. va J.A.ni urib tan jarohati yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ishtirokchilarning o‘n nafariga nisbatan protsessual tartibda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar