AsosiyDunyo

Bedavo dardga chalingan bola Santa-Klausning quchog`ida jon berdi

5 yoshli bedavo dardga chalingan bola Santa-Klausning quchog`ida jon berdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri .

Voqea AQShning Tennesi shtatidagi Noksvill shahrida noyabr oyida ro`y berdi. Mashhur Rojdestvo personaji bo`lgan Santa-Klaus vazifasini bajargan Erik Shmitt-Matsenning ma`lmot berishicha, bola Yangi yilni, Santa-Klausni ko`rmay vafot etishidan qo`rqqan. Bemor bolaning ko`nglini ko`tarish maqsadida Erik hali Yangi yil kirishiga ancha vaqt borligiga qaramay, muddatidan oldin uning uyiga mehmonga bordi.

Bolaning iltimosini hamshira qo`ng`iroq orqali unga etkazdi. Uning aytishicha, bola ajaldan ko`ra, Yangi yilni, Santa-Klausni ko`rolmay qolishdan ko`proq qo`rqqan. Kasalxonaga etib kelgan Erik hamshiradan uni bola bilan palatada yolg`iz qoldirishni iltimos qildi. Onasi tomondan tayyorlangan Yangi yil sovg`asini unga topshirdi. Sovg`ani ko`rgan bolaning labiga tabassum yugurdi. Santa-Klaus uni bag`riga bosdi, ammo shu payt bolaning joni uzildi. Bu voqea Erikka qattiq ta`sir qildi, u hatto Santa-Klauslik vazifasidan voz kechmoqchi ham bo`ldi. Ammo o`zini qo`lga olib, bolajonlarning labiga tabassum, qalbiga quvonch ulashish hamma narsadan muhimligini angladi.

Boshqa yangiliklar