AsosiyDunyo

Nyu-Yorkda yirik yong‘in sabab favqulodda holat e’lon qilindi

Alanga soatiga 56 kilometrgacha tezlik bilan tarqalmoqda.

'Nyu-Yorkda yirik yong‘in sabab favqulodda holat e’lon qilindi'ning rasmi

Nyu-York yaqinidagi Long-Aylendda yirik o‘rmon yong‘inlari avj oldi. 

Ma’lum qilinishicha, alanga soatiga 56 kilometrgacha tezlik bilan tarqalmoqda. 

Nyu-York gubernatori Keti Xokul favqulodda holat rejimi joriy etilishini e’lon qildi. 

Long-Aylendni Nyu-Yorkning boshqa hududlari bilan bog‘lab turuvchi NY27 shossesi yopilgan.

Hududdagi aeroport xodimlari vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida o‘t o‘chiruvchilardan biri jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. 

    Boshqa yangiliklar