Navoiy shahridagi "Navoiyazot"ning 25-sexi laboratoriyasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom o‘chirildi.
Portlash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.