Ukraina AQSHning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi. Bu haqda Zelenskiy murojaatida ma’lum qildi.
"Amerika bilan uchrashuvimizda bizning taklifimiz uchta narsani o‘z ichiga oldi: raketalar, bombalar, uzoq masofali dronlar orqali hujumlarni to‘xtatish, va diplomatik harakatlar davom etayotgan vaziyatda o‘zaro ishonchni mustahkamlash bo‘yicha real choralar, eng avvalo, asirlarni ozod qilish. AQSH tomoni bizning dalillarimizni tushunadi, takliflarimizni qabul qiladi, men prezident Trampga jamoalarimiz o‘rtasidagi muloqotning konstruktivligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Bugungi muloqotda Vashington tomoni darhol yana bir qadam tashlashni taklif qildi — 30 kun davomida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga harakat qilish, nafaqat raketalar, dronlar va bombalar bo‘yicha, balki Qora dengizda, shuningdek, butun front chizig‘i bo‘ylab. Ukraina bu taklifni ijobiy qabul qiladi. Qo‘shma Shtatlar Rossiyani bunga ishontirishi kerak. Ya’ni, agar ruslar rozi bo‘lsa, biz ham rozi bo‘lamiz, o‘shanda sulh kuchga kiradi", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti