AQSH Polsha hududi orqali Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi. Bu haqda Polsha Milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Zalevskiy ma’lum qildi.
"Yana Yasenka shahridan Ukrainaga AQSH qurollarini tashishni boshladik", — deb yozdi Zalevskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lum qilinishicha, bu harbiy yordvm allaqachon Bayden ma’muriyati tomonidan ajratilgan. Kecha Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqardi.