AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat 25 darajagacha ko‘tariladi

Kechalari 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

'O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat 25 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 14-16 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi.

Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 25 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

 Toshkentda bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar