Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors kompaniyasi 81 million 96 ming so‘mga 4 dona rakovina sotib olgani to‘g‘risidagi hujjat tarqaldi.
Hujjatga ko‘ra, kompaniya har bir rakovina uchun 20 million 274 ming so‘m to‘lagan. Umumiy shartnoma qiymati 81 million 96 ming so‘mni tashkil qilgan.
Hozircha UzAuto Motors tomonidan ushbu ma’lumot yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.