AsosiyJamiyat

Piskentda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi

Dastlabki taxminga ko‘ra, yuk mashina haydovchisi rulda uxlab qolgan.

'Piskentda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 17 mart kuni soat 06:30larda Piskent tumani hududidan o‘tgan “Toshkent -Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki ma’lumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Natijada “Issuzu” avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisada yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etganlar.

    Boshqa yangiliklar