Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bolalarni mashina urib ketgani haqida video tarqaldi.
Holat bo‘yicha Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati ma’lumot taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Asaka tumanida, 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi A.O. o‘zining “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH natijasida tan jarohati olgan piyodalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng shifoxonadan chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan xozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.