AsosiyJamiyat

Bugun ham O‘zbekistonda yomg‘irli kun bo‘ladi

Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

'Bugun ham O‘zbekistonda yomg‘irli kun bo‘ladi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar