AsosiyJamiyat

Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi.

'Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi'ning rasmi

2025 yilning 25, 26, 27 mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan ko‘rsatilgan sanalarda quyidagi manzillarda soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent Matbuot xizmati xabar qildi. 

25 martda – Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRЕS mikrorayoni)

Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yuli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Bo‘z, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalka yo‘li, Katta xalka yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalang‘och mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyozi, 1-Bo‘z, 2-Bo‘z ko‘chalari, ToshGRЕS posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.

26 martda – Chilonzor va Uchtepa tumanlari

Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘pon ota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalka yo‘li, Naqqoshlik, Dombrobad, 4-y proyezd Dombrabad, Serkuyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston ko‘chalari Chilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar)

27 martda – Mirzo Ulug‘bek tumani

Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.

"Sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda. Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yo‘llar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar, ma’muriy binolardan foydalanuvchilar va turar-joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish so‘raladi. Barcha nosozliklar haqida quyidagi telefon raqamiga xabar berishingiz mumkin: (78) 129-01-85", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar