AsosiyJamiyat

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan.

'Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda darakcgi.uz'ga DXX xabar qildi. 

Jumladan, mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

Eng achinarlisi bunday obyektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar