AsosiyJamiyat

Avtobusda chiptasiz yurganlarga reyd boshlandi

Xabaringiz bor Toshkentda avtobuslarda naqd pulni qabul qilish amaliyotidan to‘liq voz kechildi.

'Avtobusda chiptasiz yurganlarga reyd boshlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslarda naqd pulni qabul qilish amaliyotidan to‘liq voz kechildi. Endilikda yo‘lovchilar yo‘l haqini elektron shaklda yoki bir martalik QR-chiptalar yordamida amalga oshirishmoqda.

Qayd etilishicha, aksariyat yo‘lovchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib, tizim qulayligini e’tirof etayotgan bir pallada, ayrimlar yo‘l haqini hech qanday sababsiz to‘lamasdan avtobusdan tushib ketayotgani tez-tez uchrab turibdi. 

Shu sababli Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida avtobuslarida kuchaytirilgan reyd tadbirlari boshlandi. 

Yo‘lovchilar yo‘l haqini bir martalik QR-chiptalar yordamida amalga oshirishganda safar davomida QR-chiptalarni o‘zlarida saqlab qolishi hamda nazoratchi va inspektorlarining so‘roviga asosan ularga ko‘rsatishlari lozim.   

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga asosan yo‘lovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar