ChatGPT yaratuvchisi OpenAI kompaniyasi Twitterga o‘xshash o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda “Meduza” nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, loyiha hali dastlabki bosqichda, biroq allaqachon ichki prototipi mavjud. OpenAI bosh direktori Sem Altman ayrim shaxsiy doiralarda loyiha haqida fikr bildirishni so‘ragan.
Hozircha ijtimoiy tarmoq alohida ilova sifatida chiqadimi yoki ChatGPT ichiga integratsiya qilinadimi bu noma’lum.
Bildirilishicha, OpenAI’ning o‘z ijtimoiy tarmog‘iga ega bo‘lishi unga real vaqt rejimida o‘z ma’lumotlarini to‘plash imkonini beradi, bu esa ChatGPT’ni yanada yaxshiroq o‘qitishga xizmat qiladi.
Xuddi Meta kompaniyasining Facebook kontenti asosida LLaMA modelini o‘qitayotgani yoki Ilon Maskning Grok’ni X (sobiq Twitter) tarmog‘iga qo‘shgani kabi.