AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi

2025-2026 o'quv yili boshida esa mazkur raqam ilk bor 1,5 millionlik marradan oshdi.

'O'zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi'ning rasmi

O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo'mitasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025/2026 o'quv yili boshida respublikadagi oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich 2024/2025 o'quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga ko'pdir.

Statistikaga ko'ra, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini esa erkaklar tashkil qilgan. Shu tariqa oliy ta'limda tahsil olayotganlar orasida ayollar ulushi yuqoriligi kuzatilmoqda.

So'nggi yillarda mamlakatda talabalar soni izchil o'sib bormoqda. Xususan, 2021/2022 o'quv yilida oliy ta'lim muassasalarida 808,4 ming nafar talaba tahsil olgan bo'lsa, 2022/2023 o'quv yilida bu ko'rsatkich 1 million 42,1 ming nafarga yetgan. 2023/2024 o'quv yilida talabalar soni 1 million 314,5 ming nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2024/2025 o'quv yilida 1 million 432,8 ming nafarga yetgan.

2025/2026 o'quv yili boshida esa mazkur raqam ilk bor 1,5 millionlik marradan oshdi.

Avvalroq Milliy statistika qo'mitasi mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim tashkilotlari soni bo'yicha ham ma'lumot e'lon qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar