AsosiyJamiyat

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila kuchi O‘zbekistonga ham sezilgan.

'Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonga ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yer silkinishi bugun, 16-aprel kuni tongi soat 04:14 da sodir bo‘lgan. Magnitudasi 6,3 balli zilzilaning epitsentrda sezilish kuchi 4 ballni tashkil etgan.

O‘zbekistonning quyidagi hududida sezildi:

  • Surxondaryo viloyatida — 4 ball,

  • Farg‘ona viloyatida — 3 ball,

  • Samarqand viloyatida — 3 ball,

  • Jizzax viloyatida — 3 ball,

  • Sirdaryo viloyatida — 3 ball,

  • Qashqadaryo viloyatida — 3 ball,

  • Andijon viloyatida — 3 ball,

  • Namangan viloyatida — 3 ball,

  • Toshkent shahrida — 2 ball.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda soat 4:28 da yana zilzila yuz bergan. U 4,2 magnitudali bo‘lgan. Zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezilmagan. 

    Boshqa yangiliklar