AsosiyJamiyat

“Kanefron”ning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarilishi holati aniqlandi

Germaniya kompaniyaga tegishli tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Kaniferon S” nomi ostidagi kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan.

'“Kanefron”ning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarilishi holati aniqlandi'ning rasmi

Germaniyaning “Bionorica SE” kompaniyaga tegishli “Kanefron” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Kaniferon S” nomi ostidagi kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar “B. L.” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilib, savdoga taklif etilayotganligi holati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish chorasi ko‘rilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga ko‘ra o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ma’muriy  javobgarlikka sabab bo‘ladi, shuningdek huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilinib BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishi mumkin.

“Bionorica SE” - ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘simliklardan asosida dori mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar