AsosiyJamiyat

AQSHda maktab avtobusi ag‘darilib ketdi

YTH ortidan bir kishi halok bo‘lgan, 21 kishi esa jarohatlangan.

'AQSHda maktab avtobusi ag‘darilib ketdi'ning rasmi

AQSHning Janubiy Karolina shtatida maktab avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Fox News” telekanali qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berdi.

Payshanba kuni Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahri chekkasida ekskursiyadan qaytayotgan maktab avtobusining shinasi yorilib, Janubiy Karolinadagi shosseda ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohat oldi, - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, 17 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga tez yordam karetasi yoki vertolyotda yetkazilgan. Ulardan 5 nafari og‘ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar