Qayd etilishicha, “Toshkent Xalqaro Aeroporti“da Istanbuldan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan bojxona nazoratiga o‘z vaqtida taqdim etilmagan, muqovasi jigarrang teridan tayyorlangan, arab yozuvlari bitilgan 1 dona katta hajmli, hamda 1 dona qizil muqovali kichik hajmdagi qadimiy kitoblar borligi aniqlandi.
Dastlabki ekspertiza xulosalariga ko‘ra, kitoblarning bugungi kundagi taxminiy qiymati 320 mln so‘mni tashkil etmoqda.