AsosiySport

Osiyo chempionlariga avtomobil sovg‘a qilinadi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 21 aprel kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi mahalliy aeroportda tantanali kutib olinishi rejalashtirilgan.

'Osiyo chempionlariga avtomobil sovg‘a qilinadi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobillar topshiriladi.

Jamoa futbolchilariga Chevrolet Cobalt avtomobillari, murabbiylar shtabiga esa Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etiladi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, 21 aprel kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi mahalliy aeroportda tantanali kutib olinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolarini Osiyo chempionligi bilan tabriklagandi.

    Boshqa yangiliklar