AsosiyJamiyat

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Prezidentga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi.

'O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yilgan.

Bu, ko‘p jihatdan, o‘qituvchilarning bilim va malakasiga bog‘liq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yo‘nalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yo‘nalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi ta’limda o‘qiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik o‘qituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar o‘zlarining turli yo‘nalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard so‘mlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli o‘quvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil budjet hisobidan 112 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etiladi. Aholi o‘sishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilayapti. Lekin, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni ko‘paytirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Barcha davlat xizmatlarini aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 21:30

    Barcha davlat xizmatlarini aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi

    Aholi “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar hamda hokimlar shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

    'Ikkita vazirlik va uchta tashkilotning ichki nazoratiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari rahbarlik qiladi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 20:54

    Ikkita vazirlik va uchta tashkilotning ichki nazoratiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari rahbarlik qiladi

    Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

    'Toshkent shahrida sudya mast holatda mashina olib qochdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 15:36

    Toshkent shahrida sudya mast holatda mashina olib qochdi

    Hozirda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

    '“Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir”'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 13:02

    “Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir”

    Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar termasini chempionlik bilan tabrikladi.

    'Boj olinmaydigan tovarlar olib kirish tartibidagi o‘zgarishlar yuzasidan Bojxona qo‘mitasi  rasmiy izoh berdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 11:19

    Boj olinmaydigan tovarlar olib kirish tartibidagi o‘zgarishlar yuzasidan Bojxona qo‘mitasi rasmiy izoh berdi

    Eslatib o‘tamiz, 1 maydan boj olinmaydigan tovarlar miqdorida cheklovlar kuchaytirilgan edi.

    '11 yillik g‘oya amalga oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2025 10:48

    11 yillik g‘oya amalga oshdi

    Poytaxtning markazida san’at muxlislari uchun yana bir markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.