AsosiyDunyo

Isroilda kuchli issiqlik tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Hozirda evakuatsiya ishlari davom etmoqda.

'Isroilda kuchli issiqlik tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi'ning rasmi

Isroilda havo haroratining g‘ayritabiiy darajada ko‘tarilishi natijasida bir nechta hududlarda o‘rmon yong‘inlari boshlandi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Bu hodisa so‘nggi yillarda kuzatilgan eng og‘ir vaziyatlardan biri sifatida baholanmoqda.

Yong‘inlar ayniqsa Bayt Shemesh yaqinidagi hududlarda kuchli tarqalmoqda. Ma’lum qilinishicha, yong‘in xavfi sababli bir nechta aholi punktlarida evakuatsiya ishlari boshlangan.

Evakuatsiya qilingan hududlar qatorida Tarum, Beyt-Meir, Eshtaol, Mesilat-Sion, Pedaya va Petaxiya kabi shaharchalar mavjud. Aholi kuchli va tez tarqaluvchi olovdan qochib, uylarini shoshilinch tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Isroil yong‘in xizmati olovning turar-joylarga yetib borishining oldini olish maqsadida barcha kuchlarni safarbar qilgan. Mahalliy rasmiylar aholiga hushyorlik va zudlik bilan evakuatsiya ko‘rsatmalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:09

    Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi

    Pekin mazkur qarorni milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar bilan izohlashmoqda.

    'Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:08

    Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi

    Eron norozilik namoyishlari boshlanganidan beri xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida katta qurbonlar qayd etilgan.

    'Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 09:12

    Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.

    Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.

    'Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 08:19

    Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Hindistonga ilk rasmiy tashrifi doirasida Bosh vazir Narendra Modi bilan Xalqaro varrak festivalida ishtirok etdi.

    'AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 04:13

    AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi

    AQSH Davlat departamenti Eronda kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakatda boʻlib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undadi.