AsosiyJamiyat

Xususiy klinikalarda o‘lim holatlari ko‘paygani yuzasidan SSVga so‘rov yuborildi

Sog‘liqni saqlash vaziriga deputat Gulnora Abduvohidova tomonidan ushbu masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

'Xususiy klinikalarda o‘lim holatlari ko‘paygani yuzasidan SSVga so‘rov yuborildi'ning rasmi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorovga “Adolat” partiyasi deputati Gulnora Abduvohidova tomonidan xususiy tibbiyot muassasalarida noto‘g‘ri tibbiy muolajalar oqibatida fuqarolar salomatligiga jiddiy zarar yetishi va hatto o‘lim bilan yakunlanayotgan holatlar ko‘payib borayotgani bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi. Bu haqda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, deputat o‘z so‘rovida so‘nggi yillarda tibbiyot tizimida qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganiga qaramay, ayrim xususiy tibbiyot muassasalarida shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi yoki muolajasi sababli fuqarolarning vafot etishi, nogiron bo‘lib qolishi kabi ayanchli holatlar soni ortib borayotgani jamoatchilikda xavotir uyg‘otayotganini ta’kidlagan. 

So‘rovda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmasligi bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha chiqarilgan hukmlar soni yildan yilga oshib bormoqda (2023 yilda – 67 nafar, 2024 yilda – 94 nafar, 2025 yilning birinchi choragida – 16 nafar).

Abduvohidova yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Farg‘ona va Buxorodagi xususiy klinikalarda ro‘y bergan o‘lim holatlari, shuningdek, noto‘g‘ri plastik jarrohlik oqibatida yosh blogerning sog‘lig‘iga jiddiy putur yetgani kabi voqealarni misol qilib, bunday salbiy tendensiyaning sabablarini o‘rganish va unga chek qo‘yish zaruratini ta’kidlagan.

Deputatlik so‘rovida Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga quyidagi muhim savollar qo‘yilgan:

Xususiy tibbiyot muassasalarida ushbu noxush holatlar ko‘payishining asl sabablari nimada va ularning oldini olish bo‘yicha vazirlik tomonidan qanday choralar ko‘rilmoqda?

Xususiy klinikalarda ro‘y bergan har bir inson o‘limi, nogironlik yoki sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazish holati vazirlik tomonidan tahlil qilinganmi va ularning takrorlanmasligi uchun qanday amaliy ishlar qilingan?

Xususiy tibbiyot muassasalarida muolajalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va tasdiqlangan tibbiy protokollarga amal qilinishi ustidan tizimli nazorat mexanizmi mavjudmi? Bu borada qanday aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Vazirlik aholi salomatligini ishonchli himoya qilish maqsadida xususiy klinikalar uchun litsenziya talablari va shartlarini qat’iylashtirish bo‘yicha qanday taklif va tashabbuslarni ilgari surishni rejalashtirmoqda?

Deputat “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunining 15-moddasiga (qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi) muvofiq, Sog‘liqni saqlash vaziridan yuqoridagi savollarga 10 kun muddat ichida asoslantirilgan javob berishni so‘ragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Usta dehqonlarga  subsidiya ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 15.05.2025 21:51

    Usta dehqonlarga subsidiya ajratiladi

    Hukumat qarori bilan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    'Prezident Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.05.2025 20:12

    Prezident Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

    Prezident Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

    'Davlat shifoxonalaridagi pullik xizmatlar 4,8 karraga qimmatlashdimi?'ning rasmi

    Jamiyat 15.05.2025 19:46

    Davlat shifoxonalaridagi pullik xizmatlar 4,8 karraga qimmatlashdimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi oydinlik kiritdi.

    'Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi'ning rasmi

    Jamiyat 15.05.2025 16:04

    Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Milliy sut mahsulotlari platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 15.05.2025 13:13

    Milliy sut mahsulotlari platformasi ishga tushiriladi

    Loyihani amalga oshirish davri 7 yil etib belgilandi.

    'Samarqandda yuk mashina 159 diametrli gaz quvurini urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 15.05.2025 08:07

    Samarqandda yuk mashina 159 diametrli gaz quvurini urib yubordi

    Hodisa ortidan viloyatdagi 7 ta ko‘cha gaz ta’minotisiz qoldi.