AsosiyJamiyat

O‘zbekiston ilk bor BMT Statistika Komissiyasiga saylandi

Statistika Komissiyasi 1947 yilda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (IIK) tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan.

'O‘zbekiston ilk bor BMT Statistika Komissiyasiga saylandi'ning rasmi

Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Statistika Komissiyasining 2026-2029 yillarga a’zo davlatlarini saylash jarayonida tarixida ilk marta O‘zbekiston ushbu organ a’zosi etib bir ovozdan saylandi.

Ma’lumki, Statistika Komissiyasi 1947 yilda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (IIK) tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan. U xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy hukumatlararo tashkilot bo‘lib, universal statistika standartlari va metodologik prinsiplarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi.

Statistika Komissiyasiga to‘liq a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar