Fashion United nashri 2016 yilning eng boy moda biznesi vakillari ro`yxatini e`lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Ro`yxatning birinchi o`rnini Inditex kompaniyasi asoschisi va sobiq prezidenti Amansio Ortega egalladi uning sof daromadi $74,2 milliardga baholandi.
Ikkinchi o`rin – LVMH Bernar Arnoga $40 milliard ko`rsatkich bilan, uchinchi o`rin esa – Hermès International oilasiga mansub Aksel Dyumaga ($27 milliard) nasib etdi.
Reytingga shuningdek, Brenninkmayer C&A ($26,5 mlrd), Fil Nayt Nike ($23,9 mlrd), Stefan Persson H&M ($19,6 mlrd) lar ham kiritildi.
Ro`yxatni Tadashi Yanai Fast Retailing ($18 mlrd), Leonardo Del Vekkio Luxottica ($17,8 mlrd), Fransua Pino Kering ($14,7 mlrd), Mixael Otto Otto Group ($14,6 mlrd)lar yakunlashdi.