Germaniya shimolida joylashgan Timmendorfer-Shtrand (Shlezvig-Golshteyn) kommunasidagi port hududida portlash sodir bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohat olgan. Germaniyaning Hamburger Morgenpost gazetasi shu haqda xabar qilgan.
Hozirda voqea joyida politsiya, o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Gazetaga huquq-tartibot idoralari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “portlash sodir bo‘lgan, natijada ko‘plab odamlar jarohat olgan”. Voqea Toshkent vaqti bilan taxminan soat 16:30 da sodir bo‘lgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Abdulloh Sayyid