AsosiyJamiyat

Buxoroning ayrim hududlarini chigirtka bosdi

Rasmiylar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga oid ma’lumotlarni ochiqladi.

'Buxoroning ayrim hududlarini chigirtka bosdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lab turuvchi yo‘lni chigirtkalar bosgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, xabardagi holat Buxoro viloyatining A-380 avtomobil yo‘lining 327 kilometrida bo‘lib, mazkur hududda saksovul bukri chigirtkasi to‘dasi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chigirtkalar to‘dasini o‘z vaqtida talofatlarsiz bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyatining chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati A-380 avtomobil yo‘lining 327 kilometrida 2 ta otryadga bo‘lingan holda kimyoviy ishlovlarni 24/7 rejimida olib bormoqda. Chigirtkalar to‘dasi aniqlangan hududda ayni vaqtda ham qarshi kurash tadbirlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, saksovul bukri chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazmaydi.

Buxoro viloyatining Gazli massivi, Romiton, Qorako‘l, Toyloq tumanlari alohida nazorat ostiga olingan bo‘lib, kuzatuv-monitoring ishlari ham davom etyapti, — deyiladi xabarda.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, aholi o‘rtasida ortiqcha vahima va sarosimaga sabab bo‘luvchi xabarlarni tarqatmaslikni, zararli chigirtka tarqalgan maydonlar to‘g‘risida 1288 yoki 71 202 10 00 raqamlariga murojaat qilishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi fan va texnologiya sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:59

    O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi fan va texnologiya sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

    Olmaliqdagi NITU MISIS filiali va Uxan Fan va Texnologiya Universiteti (XXR) o‘rtasida ta’lim, fan va xalqaro almashinuv sohasida yangi istiqbollarni ochuvchi strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    'Toshkentda chiqindi saqlash joyi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:36

    Toshkentda chiqindi saqlash joyi yonib ketdi

    Yong‘in oqibatida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani aytilmoqda.

    'Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish iyunda boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 11.05.2025 20:22

    Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish iyunda boshlanadi

    Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.05.2025 16:38

    'Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi'ning rasmi

    Jamiyat 11.05.2025 12:32

    Samarqanddagi uyda gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

    Avvalroq, Samarqandda 3 qavatli uyda portlash sodir bo‘lgani, hodisa oqibatida 6 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

    'O‘zbekistonda 3,1 magnituli zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 11.05.2025 11:25

    O‘zbekistonda 3,1 magnituli zilzila sodir bo‘ldi

    Epimarkazda zilzilaning sezilish kuchi 4 ballni tashkil etgan.