14 may, chorshanba kuni soat 11:03 atrofida Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda havoga qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 11:05 da yetib borgan, yong‘inni o‘chirishga jami 12 ta ekipaj jalb qilingan. Yong‘in soat 12:15 da qurshab olinib, soat 13:31 da to‘liq o‘chirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Sanjar Zuparov voqea joyiga yetib borgan.
Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq, Toshkentda omborxona yonayotgani haqida xabar berilgandi.