AsosiyDunyo

Italiyada deputat parlament yig‘ilishiga arvoh kiyimida keldi

U Bosh vazirni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.

'Italiyada deputat parlament yig‘ilishiga arvoh kiyimida keldi'ning rasmi

14 may kuni Italiya parlamentida g‘alati va e’tiborli voqea yuz berdi deya xabar bermoqda zamon.uz.

Deputat Rikardo Madji boshiga choyshab yopib, arvoh kiyimida parlament zaliga kirib, Bosh vazir Jorjiya Melonini qo‘rqitishga urindi.

Voqea Bosh vazir Meloni parlament a’zolarining savollariga javob berayotgan paytda sodir bo‘lgan. Madji, «Yevropa+» muxolifat partiyasining kotibi, boshiga oq choyshab yopib, o‘zini arvoh sifatida ko‘rsatib, tribuna tomon yo‘l oldi va Meloniga nisbatan tanqidlar yog‘dira boshladi.

Madji, 8-9 iyun kunlariga belgilangan referendumga e’tibor qaratdi. Bu referendumda fuqarolik va mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq beshta masala muhokama qilinadi. Madji 2016 yilda, Meloni muxolifatda bo‘lgan paytda, u o‘shanda referendum haqida sukut saqlaganini tanqid qildi.

Madji hozirda, aynan shu holatni qayta takrorlanayotganini va hozirgi hokimiyat vakillarining saylov uchastkalariga bormaslikni tavsiya qilishlariga noroziligini bildirib, buni norozilik namoyishi sifatida amalga oshirdi. Natijada, Madji parlament zalidan chiqarib yuborildi. U olib chiqilayotgan vaqtda Bosh vazir Meloni yuzida tabassum bilan voqeani tomosha qilib, «arvoh» deputatni telefonida videoga oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston parlamentida spiker va muxolifat deputati o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv oxir-oqibat mushtlashuvga aylanib ketgandi. Mojaroni to‘xtatish uchun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari zalga kiritilgan va spiker 20 daqiqalik tanaffus e’lon qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Dunyo 15.05.2025 17:41

    Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

    Zelenskiy Rossiya delegatsiyasi haqiqiy tinchlikka erishishni xohlamayotganini aytgan.

    'Qozog‘istonda nikohga majburlaganlik uchun 7 yilgacha qamoq jazosi joriy etilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 15.05.2025 14:18

    Qozog‘istonda nikohga majburlaganlik uchun 7 yilgacha qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

    So‘nggi uch yilda mamlakatda turmush qurishga majburlanganlardan 214 ta shikoyat kelib tushgan.

    'Shveysariyada o‘rdak tezlikni oshirgani uchun radarga tushib qoldi'ning rasmi

    Dunyo 15.05.2025 13:43

    Shveysariyada o‘rdak tezlikni oshirgani uchun radarga tushib qoldi

    Bern shahri yaqinida o‘rdak soatiga 52 km tezlikda uchib ketgan, lekin ushbu hududda 30 km/soat tezlik chegarasi amal qiladi.

    'Litvada ishlash uchun ruxsatnoma olishda o‘zbekistonliklar yetakchi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.05.2025 13:35

    Litvada ishlash uchun ruxsatnoma olishda o‘zbekistonliklar yetakchi bo‘ldi

    Litvada 9,1 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda.

    'Kurskdagi hujumda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.05.2025 13:29

    Kurskdagi hujumda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    Rilsk shahridagi mehmonxona Ukraina Qurolli kuchlari hujumida vayron bo‘lgan.

    'Putin va Tramp nega Istanbulga borishdan bosh tortdi?'ning rasmi

    Dunyo 15.05.2025 11:33

    Putin va Tramp nega Istanbulga borishdan bosh tortdi?

    Rossiya delegatsiyasiga Medinskiy boshchilik qiladi.