AsosiySport

6 nafar bokschimiz Jahon chempioni bo‘ldi

Polshada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston jamoasi jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.

'6 nafar bokschimiz Jahon chempioni bo‘ldi'ning rasmi

Polshada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida 7 nafar O‘zbekistonlik bokschilaridan 6 nafari oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir finalchi — Xumorabonu Mamajonova kumush medal bilan taqdirlandi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Medallar bilan taqdirlanganlar:

Oltin medallar:

-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev

-80 kg: Javohir Ummataliyev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

+90 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal:

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova

Bronza medallar:

-60 kg: Samandar Olimov

-70 kg: G‘ofurjon Tohirov

Umumiy hisobda O‘zbekiston jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar