AsosiyJAMIYAT

Toshkentda online qimor uchun Spark o'g'irlagan yigit ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv hamda protsessual harakatlar olib borilmoqda.

'Toshkentda online qimor uchun Spark o'g'irlagan yigit ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida onlayn qimor oʻyinlariga pul tikish maqsadida Spark rusumli avtomobilni olib qochgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Yunusobod tumanida olib qochilgan Spark rusumli avtomobil Bektemir tumani hududidan topilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi transport vositasini egasining ruxsatisiz avtomobillar yuvish shoxobchasidan haydab ketgan.

Qoʻlga olingan shaxsning aytishicha, u avtomobilni ertalab soat 09:30 lar atrofida Yunusobod tumanidagi 19-mavzeda joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasidan olib chiqqan.

"Onlayn qimor oʻynayman. Shu oʻyinlarga pul tikib, yutaman deb avtomobilni olib qochdim. Uni ehtiyot qismlarga ajratib sotishni rejalashtirgan edim. Ilgari taksichilik qilganman, hozir esa avtomobillar yuvish shoxobchasida ishlayman", degan gumonlanuvchi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv hamda protsessual harakatlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar