AsosiyJamiyat

Toshkentda qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

Yigitga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

'Toshkentda qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahrida “Xalqlar do‘stligi” va “Paxtakor” metro bekatlari oralig‘ida qiz bolaning belidan past qismiga teginib, unga shilqimlik qilgan yigit besh sutkaga qamaldi. darakchi.uz sud qarori bilan tanishdi.

Kecha, 20 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.

Sud hujjatiga ko‘ra, 16 may kuni soat 10:10 larda 2006 yilda tug‘ilgan S.B. “Paxtakor” bekatidan “Xalqlar do‘stligi” bekatiga ketayotgan vaqtida Sh.A.ga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Sud majlisida Sh.A. ko‘rsatma berib, metro vagoniga chiqqan vaqtida shaxsi unga keyinchalik ma’lum bo‘lgan S.B. uning beldan past qismiga qo‘li bilan urilib ketganini, dastlab buni ehtiyotsizlik sabab deb o‘ylaganini, so‘ng S.B. yana uni belidan pastki qismidan ushlab olib, shilqimlik qilganini, shundan so‘ng uni IIB xodimlariga topshirganini bildirgan.

Sudlanuvchi S.B. aybiga iqror bo‘lgan va Sh.A.ga nisbatan tegajog‘lik qilib, uning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilganini, sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanini aytgan hamda suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan aybli deb topgan va besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2026 17:12

    AQSh Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi

    AQSH Davlat departamenti davlat byudjetiga yuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan arizachilarga qarshi choralar doirasida qator mamlakatlar fuqarolari uchun viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi.

    'Итни сўйиб еган янгийўлликлар 10 суткага қамалди'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2026 16:48

    Итни сўйиб еган янгийўлликлар 10 суткага қамалди

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida fuqarolarning itni boqib, so‘yib yegani bilan bog‘liq holat sudda ko‘rib chiqildi.

    'Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2026 13:18

    Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya tejash, binolarni modernizatsiya qilish va elekt energiyasi sohasida bozor mekanizmlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

    'Oʻzbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2026 12:50

    Oʻzbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.

    Haydovchi yoki yoʻlovchilarga tibbiy maʼlumotnoma asosida kamar taqmaslik ruxsat etiladi.

    'Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2026 11:19

    Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.01.2026 11:13

    Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

    Jharkhand shtatining bir necha hududida odamlarga hujum qilgan yovvoyi fil hali ham qidirilmoqda.