AsosiyDunyo

Rossiyada migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi

Bu taklif Rossiyaning chet ellik ayollardan tug‘ilgan bo‘lajak fuqarolari huquqlarini buzishini bildiradi.

'Rossiyada migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi'ning rasmi

Rossiya Davlat dumasida migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi. Deputat Sergey Mironov migrantlardan majburiy ravishda tibbiy sug‘urta taqdim etishni talab qilishga chaqirdi. 

Ayollar uchun — tug‘uruq va homiladorlikni qamrab oluvchi ixtiyoriy tibbiy sug‘urta mavjud. Sug‘urtani ish beruvchi ham sotib olishi mumkin, eng muhimi, chet ellik fuqaro chegarani kesib o‘tganida polisga ega bo‘lsin. Ular o‘z vatanlarida Rossiya sug‘urta kompaniyalarining vakolatxonalari orqali sug‘urta sotib olishi eng ma’qul yo‘l. Bu xalqaro amaliyotda normal holat. Boshqa yo‘ldan borib, ijtimoiy badal to‘layotgan fuqarolarimiz hisobidan mislsiz saxovat ko‘rsatish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman, dedi Mironov.

U chet elliklar, agar Rossiyada rasman ishlagan va kamida uch yil davomida ish beruvchilar ular uchun sug‘urta badallarini to‘lagan bo‘lsa, majburiy tibbiy sug‘urta olish huquqiga ega ekanini eslatdi.

Shu bilan birga, Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kirill Kabanov pullik tug‘uruq mavzusi “asosiy muammoni”, ya’ni samarasiz migratsiya siyosatini e’tibordan chetda qoldirishga urinish ekanini ta’kidladi.

Bunday fikrga advokat Aleksandr Pochuyev qarshi chiqdi. U bu tashabbus “ayrim toifadagi odamlarni konstitutsiyada kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish bo‘yicha huquqidan mahrum qilishi”ni aytdi. Jumladan, Rossiyaning chet ellik ayollardan tug‘ilgan bo‘lajak fuqarolari huquqlarini buzishini bildirdi.

Muayyan shartlarga rioya qilingan holda, Rossiyada tug‘ilgan chet ellik farzandlar “tug‘ilgan joy huquqi” asosida fuqarolik olish huquqiga ega, degan u.

    Boshqa yangiliklar