AsosiyJamiyat

Buxorodagi propan shoxobchasida yong‘in yuzaga keldi

Yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan fuqarolar tan jarohati olgan.

'Buxorodagi propan shoxobchasida yong‘in yuzaga keldi'ning rasmi

Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz bergan. Viloyat FVBga ko‘ra, voqea 23 may soat 21:15 larda Jayxunobod MFYda joylashgan “Siroj serviz” MCHJga qarashli shoxobchada ro‘y bergan.

“Kamaz” avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in ekipaji soat 21:19 da yetib borgan, soat 21:40 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ular shifokorlar nazoratida, ahvollari yaxshi.

“Yong‘in oqibatida hech qanday portlash sodir bo‘lmagan”, deyiladi boshqarma axborotida.

Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Yong‘in yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayonning buzilishidan kelib chiqqan, deb taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar