“Millar“ dasturining xabar berishicha, poytaxtda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida daraxt fuqaroning ustiga qulab tushgan va fuqaro vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, shifoxonaga daraxt bosib qolgan ikki nafar bemor olib kelingan.
Ulardan biri og‘ir ahvolda olib kelingan va shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchi bemorimizda bosh-miya jarohati mavjud. Uzoq muddatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Hozirda bemorning ahvoli stabil-og‘ir, reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda, — deydi shifokor.
Ma’lumot uchun, 23 may, juma kuni tonggida poytaxtda kuchli changli shamol kuzatilgandi. Shuningdek, Toshkent shahrida 17 may kuni tushdan keyin chang bo‘roni kuzatilgan edi.