Joriy yilning 24 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi 6-sonli maktabning ikki nafar o‘quvchisi suvda cho‘kib, vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibining darakchi.uz ga ma’lum qilishicha, 6-sonli maktabning ikki nafar 13 yoshli o‘quvchisi tumanning Sardoba mahallasida joylashgan “Nazarov Oqbo‘ta” fermer xo‘jalik yerlarini tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan hovuzda cho‘kib vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB va prokuratura tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.