AsosiyJamiyat

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keladigan kunlar ma’lum qilindi.

'O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 10-16 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Afg‘onistondagi Salang dovoni yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 21:39

    Afg‘onistondagi Salang dovoni yopildi

    Transport vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.

    'Prezident amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 21:23

    Prezident amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

    AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari davlat rahbariga aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

    'Rossiyada migrantlar "OMON" tomonidan tahqirlanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 19:53

    Rossiyada migrantlar "OMON" tomonidan tahqirlanmoqda

    O‘zbekistonning Moskvadagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ushbu masalani nazoratga olganligini aytmoqda.

    'Yozda salomatlikni asrovchi 7 ta muhim tavsiya'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 17:54

    Yozda salomatlikni asrovchi 7 ta muhim tavsiya

    Yoz faslida kuzatiladigan issiq harorat inson tanasida ba’zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois har bir odam shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi zarur.

    'O‘zbekistonda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga qancha kishini tashkil etmoqda?'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 17:51

    'Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 16:28

    Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.