2025 yil 16–19 iyun kunlari mamlakatimizga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborot xizmati xabar berdi.
16–17 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17–19 iyun kunlari esa O‘zbekistonning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 40–42 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarning ayrim joylarida 43–44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Aholidan havo harorati keskin oshgan kunlarda ehtiyot choralariga amal qilish so‘ralmoqda.