AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining axborot xizmati “Darakchi.uz”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatning Qamashi tumanida yashovchi 1981 y.t. muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamaganligi sababli zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MCHJ rahbaridan 4000 AQSH dollari talab qiladi.

So‘ng, u DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sariossiyoda hokim o‘rinbosari firibgarlikda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 21.11.2025 08:28

    ''ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 21:54

    'Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 20:38

    Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi

    Bir qator o‘qituvchilardan imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan holda 1300–1500 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

    'Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 11:37

    Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi

    Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi.

    'Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 12:11

    Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi

    Poytaxt Soliq boshqarmasining bosh inspektori 5 ming dollar pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Unga nisbatan "pora olish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 07:54

    Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

    Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.