AsosiyDunyo

Urush tufayli 40 mingga yaqin xorijiy sayyoh Isroilni tark eta olmayapti

Sayohat narxi bir necha yuzdan minglab yevrogacha yetishi mumkin.

'Urush tufayli 40 mingga yaqin xorijiy sayyoh Isroilni tark eta olmayapti'ning rasmi

Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik ortidan yuzaga kelgan havo qatnovi cheklovlari tufayli taxminan 40 mingga yaqin xorijiy sayyoh Isroilni tark eta olmayapti. Bu haqda mamlakatning “Haaretz” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo hududi yopilganidan so‘ng Isroildan chiqib ketishni istaganlar uchun yagona yo‘l sifatida dengiz orqali evakuatsiya qoldi. Tel-Aviv yaqinidagi Herzliya dengiz portida yuzlab odamlar yaxtalar yordamida Kiprning janubiy qismiga chiqish uchun muzokaralar olib bormoqda.

Hozirda kichik yaxtalar Gerzliya, Hayfa va Ashkelon portlaridan yo‘lga chiqib, har bir reysda 10 nafargacha odamni tashish imkoniga ega. Sayohat narxi bir necha yuzdan minglab yevrogacha yetishi mumkin. Bu yaxtalarni ijaraga berayotganlar, talab yuqori bo‘lgani uchun narxlarni keskin oshirmoqda.

Dengiz evakuatsiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar orqali tashkil etilmoqda. Qaytishni xohlayotganlar orasida nafaqat xorijlik sayyohlar, balki chet eldagi farzandlari yoniga borishni istagan isroilliklar ham bor.

Haaretz manbasining yozishicha, Isroil hukumati mahalliy aviakompaniyalarga Isroil fuqarolarini chet eldan qaytarish uchun yuborilgan samolyotlardan faqatgina keluvchilarni olib kelishga ruxsat bergan. Bu samolyotlar orqali Isroilni tark etishni istaganlar uchun imkoniyat berilmayapti.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 13 iyun kuni Isroilning Eronga amalga oshirgan hujumi ortidan boshlangan siyosiy va harbiy taranglik natijasida 100-200 mingga yaqin Isroil fuqarosi xorijda qolib ketgan. Ular mamlakatga qaytish uchun hozircha rasmiy imkoniyatlarga ega emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Berlin Trampning "tinchlik rejasi"dan kech xabardor bo‘lganmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:20

    Berlin Trampning "tinchlik rejasi"dan kech xabardor bo‘lganmi?

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinn Trmpning Ukraina bo'yicha rejasini avvaldan bilgan degan da'volarni rad etdi.

    'Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 23.11.2025 22:13

    Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi

    12 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo 23.11.2025 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35