AsosiyJamiyat

Xorazmda MCHJ 8,6 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘mardi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Xorazmda MCHJ 8,6 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘mardi'ning rasmi

Xorazm viloyati Urganch tumanida "Oq ariqlar" MFYda joylashgan "I. T. B. Q." MCHJ sug‘orish maqsadida foydalanayotgan suv nasoslari uchun elektr ta’minoti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 milliard 672 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Xorazmda korxona “tok”ni noqonuniy ishlatgani uchun katta miqdorda jarimaga tortilgan edi;

Holat yuzasidan korxona 41,7 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar