AsosiyDunyo

Asad rejimi qulagach, 2 milliondan ortiq suriyalik vataniga qaytdi

Livan hukumati Suriyadan qochib kelgan 1,5 millionga yaqin muhojirni bosqichma-bosqich vatanga qaytarish rejasini ishlab chiqqan.

'Asad rejimi qulagach, 2 milliondan ortiq suriyalik vataniga qaytdi'ning rasmi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi qulagach, ikki milliondan ortiq suriyalik muhojir o‘z yurtiga qaytdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu jarayon siyosiy yechimlarning zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi:

“Bu bizga yangi beqarorlik va ko‘chish to‘lqinlari emas, balki siyosiy yechimlar zarurligini ko‘rsatmoqda”, — deb yozdi Grandi X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Grandi hozirda Livanda bo‘lib turibdi. U 20 iyun — Jahon qochqinlar kuni munosabati bilan Suriyaga yo‘l olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Livan hukumati Suriyadan qochib kelgan 1,5 millionga yaqin muhojirni bosqichma-bosqich vatanga qaytarish rejasini ishlab chiqqan. Rejaga ko‘ra, 2024 yil sentabriga qadar 300 ming nafargacha suriyalik Livandan o‘z yurtiga qaytadi.

Har bir qaytayotgan muhojirga 100 dollar naqd to‘lanadi. Biroq, ular qaytib kelgach, Livanda yana boshpana so‘ramaslikka rozilik berishi kerak.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati ham Suriyaga deportatsiyani qayta tiklashni o‘ylamoqda. Ammo Germaniya Tashqi ishlar vazirligining so‘nggi baholashiga ko‘ra, Suriyadagi xavfsizlik holati hanuz “jiddiy darajada beqaror” bo‘lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar