Eron Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan besh kishini osib o‘ldirdi. Rasmiy Tehronning da’vo qilishicha, agentlar zarbalar uchun koordinatalarni dushmanga uzatgan va dronlar uchun uskunalar import qilgan. Bu haqda BBC xabar beradi.
Oxirgi ikki hafta ichida Eron rasmiylari 700 dan ortiq odamni Isroil razvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi. Eron davlat matbuotiga ko‘ra, besh nafari allaqachon qatl etilgan — ulardan uchtasi 25 iyun kuni ertalab osilgan.
Bular Tehron “sionistik rejim agentlari” deb ataydigan Eron va Afg‘oniston fuqarolaridir. Qatllar ommaviydir va hukmlar tezda - "urush rejimida" chiqariladi.
Eronning Fars News agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumi boshlanganidan beri (13 iyun) Eron razvedka xizmatlari josuslik faoliyatining kuchayganini qayd etgan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, Mossad tarmog‘i Isroil armiyasiga zarbalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish, nishonlar koordinatalarini uzatish, dron komponentlari va portlovchi moddalarni noqonuniy olib o‘tishda yordam bergan.
Tergovchilarga ko‘ra, qatl etilganlar aynan shunday operatsiyalarda ishtirok etgan.
Mizan adliya agentligi qatl etilganlardan ba’zilarining ismlarini e’lon qildi: Idris Ali, Azad Shojai va Rasul Ahmad Rasul. Ular Urmiyada, Turkiya bilan chegaraga yaqin joyda osib o‘ldirilgan. Yana ikki kishi, Muhammad-Amin Mahdavi Shoisteh va Majid Mosaybiy avvalroq, 22 va 23 iyun kunlari qatl etilgan edi.
Ularning barchasi Eronning yuqori martabali amaldorlariga suiqasd qilishda qo‘llanilgan asbob-uskunalarni o‘tkazgan yoki olib o‘tgani aytiladi.
Financial Times gazetasining yozishicha, josuslikda gumon qilinganlarga qarshi kurash uchun nafaqat razvedka xizmatlari, balki Basij kabi ko‘ngilli guruhlar ham safarbar qilingan. Ularning jangchilari vaqtinchalik nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatadi, transport vositalarini tekshiradi, qurol-yarog‘, dron va kontrabanda komponentlarini qidiradi. Van haydovchilari, ishsizlar va shahar atrofi aholisi ko‘pincha dalilsiz hibsga olinmoqda.
Huquq faollarining ogohlantirishicha, hibsga olingan 700 kishining ko‘pchiligi sud jarayonlari shaffof emasligi uchun halok bo‘lish xavfi bor.
Sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Mohseni-Ejey sudyalarni sud jarayonlarini cho‘zmaslikka chaqirdi:
"Bu urush vaqti. Biz bir ish uchun ikki yoki uch oy vaqt sarflay olmaymiz", dedi u.
Tahlilchilar bunday holatlar 1970-yillar oxirida, ommaviy qatl va tozalashlar hokimiyatni saqlab qolish vositasiga aylangan postinqilob jarayonini eslatishini aytmoqda.