AsosiyDUNYO

O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi

Agentlikning bugungi qarori o‘tgan yil qayd etilgan mazkur natijaning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

'O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi'ning rasmi

Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi. Bu haqda rasmiy manbalar ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda O‘zbekistonning kredit reytingi BB- darajasidan BB darajasiga ko‘tarilgan edi. Agentlikning bugungi qarori o‘tgan yil qayd etilgan mazkur natijaning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

Fitch tahlilchilari murakkab global iqtisodiy sharoitga qaramay, O‘zbekistonda energetika sohasidagi islohotlar, budjet intizomi hamda xususiylashtirish jarayonlari izchil davom ettirilayotganini yuqori baholagan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “Ijobiy” prognoz yaqin kelajakda mamlakat reytingi yanada yuqorilashi mumkinligini anglatadi.

“Bu mamlakatga ko‘proq xorijiy sarmoya jalb etish, xalqaro moliya bozorlaridan arzonroq resurslar olish va iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash uchun xalqaro hamkorlarga kuchli signaldir”, deb yozdi u.

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning asosiy maqsadi aholi farovonligini oshirishdan iborat.

“Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ushbu tizimli islohotlarning yagona maqsadi — har bir yurtdoshimizning hayotini yaxshilash, farovonligini ta’minlashdir. Bu yo‘lda jamoamiz bilan birga faqat oldga qadam tashlaymiz”, deya ta’kidlagan Saida Mirziyoyeva.

Mutaxassislar fikricha, geosiyosiy va iqtisodiy beqarorlik kuchayib borayotgan bir paytda O‘zbekistonning bunday natijaga erishishi mamlakatda tanlangan taraqqiyot yo‘li va iqtisodiy islohotlar strategiyasi samara berayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy mustahkamlik ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy sohalar rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 15:12

    ''ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 13:40

    ''ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 10:33

    'AQSh sudyalari Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi qarorlarini keskin tanqid qildi'ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 04:50

    AQSh sudyalari Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi qarorlarini keskin tanqid qildi

    Ayni paytda Oq uy tanqidlarni rad etmoqda. Ikkinchi davr boshlanganidan buyon prezident farmonlari va boshqa qarorlar yuzasidan 800 dan ortiq da'vo arizasi berilgan.

    'Filippindagi maktabda yuz bergan otishmada uch nafar o‘quvchi halok bo‘ldi'ning rasmi

    DUNYO 22.06.2026 11:04

    Filippindagi maktabda yuz bergan otishmada uch nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Ma'lum qilinishicha, hodisa 22 iyun kuni ertalab Takloban shahridagi San Jose National High School maktabida sodir bo'lgan.

    ''ning rasmi

    DUNYO 22.06.2026 09:50