AsosiyDunyo

Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

Endi Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazilib, yashash va ishlash ruxsatnomalari beriladigan bo‘ldi.

'Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi'ning rasmi

Turkiyaning deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 50 nafar ayol vatanga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agentlik hamda Turkiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan fuqarolarni legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi. Uning natijasida ushbu mamlakatda noqonuniy maqomda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi.

ariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar huquqiy maqom berishga kelishildi.

Shuningdek, Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayolga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi. 28 nafariga “vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.

Migratsiya agentligi barcha fuqarolarni Turkiyada qonuniy ishlashga chaqirdi. Ushbu davlatda nolegal maqomda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish uchun migratsiya boshqarmasiga murojaat qilishi lozim.

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada legallashishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

  • yaroqlilik muddati 1 yildan kam bo‘lmagan xorijga chiqish biometrik pasportiga ega bo‘lish;
  • ish beruvchi mahalliy notarial idoralari orqali kafolat xati taqdim etishi (ya’ni xorijiy fuqaroni ish bilan ta’minlashini kafolatlash);
  • ish beruvchining oylik daromadi 132 000 turk lirasidan kam bo‘lmasligi;
  • xorijiy fuqaro ilgari deportatsiya markazlariga vaqtinchalik nazorat ostiga olinmagan bo‘lishi;
  • xorijiy fuqaro uchun Turkiyaga kirish taqiqi bo‘lmasligi;
  • muqaddam sudlanmagan bo‘lishi.

Yuqoridagi talablarga mos keluvchi xorijiy fuqarolarning huquqiy holatini legallashtirish uchun dastlab ish beruvchi mahalliy migratsiya boshqarmasiga murojaat qilib, xorijiy fuqaro o‘ziga tegishli xonadonda yashashini bildirib, uning hayoti, sog‘ligi, yashash guvohnomasi yoki ish ruxsatnomasi muddati tugaganidan so‘ng o‘z vataniga qaytarish kabi majburiyatlarni o‘z ichiga olgan kafolat xatini (taahhütnoma) taqdim etadi.

Migratsiya boshqarmalari tomonidan ushbu xorijiy fuqaro nomiga 6 oylik vaqtinchalik yashash guvohnomasi (ikamet izni) rasmiylashtirib beriladi. Shundan so‘ng eng kechi 4 oy ichida bu vaqtinchalik guvohnomani ishlash ruxsatnomasiga almashtirish uchun murojaat qilinishi zarur.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 19:03

    Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    20 yillik sanksiyalarni bekor qilinishi Suriyaga qanday yengillik bermoqda?

    'Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 16:09

    Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi

    Portlash Hindistonda so‘nggi yillarda ro‘y bergan eng yirik sanoat fojialaridan biri bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 15:07

    'Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 14:19

    Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzmoqchimi?

    Maskning taklifiga Qo‘shma Shtatlar yetakchisi javob qaytardi.

    'Suriya Isroildan Jo‘lon tepaligini talab qilyaptimi?'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 13:17

    Suriya Isroildan Jo‘lon tepaligini talab qilyaptimi?

    Suriya Isroildan mamlakatdagi Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi yangi rejimni tan olishni so‘ramoqda.

    'Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 11:21

    Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?

    "Darakchi.uz'" Turkiyada yuz berayotgan yong‘inlar tavsilotini bir joyga to‘pladi.