AsosiySport

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasiga erishdi

Osiyo kubogi saralashining so‘nggi bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

'O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasiga erishdi'ning rasmi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yozmoqda.

Osiyo kubogi saralashining so‘nggi bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ayollar MTJ Shri-Lanka, Laos va Nepal ayollar MTJlariga qarshi bahs olib bordi.

O‘zbekistonliklar dastlab, joriy yilning 29 iyun kuni Shri-Lankani 10:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 2 iyul kuni Laosga javobsiz 7 ta gol kiritib, g‘alaba qozondi.

Saralashning hal qiluvchi o‘yini 5 iyul kuni Nepal ayollar milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi. Dramatik kechgan bahsning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi.

Penaltilar seriyasida esa o‘zbekistonliklarning qo‘li baland keldi va Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa 23 yildan so‘ng O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Avstraliyada bo‘ladigan qit’a birinchiligida qatnashadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bundan roppa-rosa 1 oy oldin, 5 iyun kuni O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди'ning rasmi

    Sport 13.09.2025 16:39

    ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди

    Yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

    '8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi'ning rasmi

    Sport 12.09.2025 08:15

    8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

    Mazkur bellashuv Liverpul shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

    'Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi'ning rasmi

    Sport 09.09.2025 10:21

    Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi

    Maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan past bo'lgan tuman (shahar)larda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik sub'ektlariga qator yengilliklar beriladi.

    'Mirziyoyev O‘zbekiston futbolchilariga “CAFA Nations Cup” kubogini topshirdi'ning rasmi

    Sport 09.09.2025 01:39

    Mirziyoyev O‘zbekiston futbolchilariga “CAFA Nations Cup” kubogini topshirdi

    Prezident Olimpiya stadionida boʻlib oʻtgan finalda milliy terma jamoa gʻalabasiga shaxsan guvoh boʻldi.

    'Braziliyada penaltini qaytargan darvozabon halok bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 05.09.2025 12:26

    Braziliyada penaltini qaytargan darvozabon halok bo‘ldi

    Mini-futbol uchrashuvida seyvdan so‘ng bayram qilmoqchi bo‘lgan sportchi hushini yo‘qotib, maydonda jon berdi.

    'Messiy futboldan ketishi mumkin'ning rasmi

    Sport 05.09.2025 09:30

    Messiy futboldan ketishi mumkin

    Лионель Месси 4 сентябрь кунги ўйинини “жуда махсус” деб атади. У бу баҳсдан сўнг халқаро футболдаги фаолиятига нуқта қўйиши мумкинлигини айтди.