AsosiyDunyo

Afg‘onistonda ota 6 yoshli qizini 45 yoshli kishiga erga berdi

Afg‘oniston hukumati bunga qanday munosabatda?

'Afg‘onistonda ota 6 yoshli qizini 45 yoshli kishiga erga berdi'ning rasmi

Afg‘onistonda ota 6 yoshli qizini 45 yoshli erkakka turmushga berdi. Bu haqda Kabul Now nashri xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, to‘y marosimi Afg‘onistonning Hilmand viloyatida bo‘lib o‘tgan. Bo‘lajak kuyovning allaqachon ikki xotini borligiga qaramay, bolaning otasi kelishuvga rozi bo‘lgan. Bu voqea hatto “Tolibon” orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan, ular aralashib, nikohni to‘xtatgan.

To‘y 4 iyulga belgilangan edi. “Tolibon” qizning otasini ham, unga uylanmoqchi bo‘lgan erkakni ham hibsga olgan. Hech kimga nisbatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan, biroq mahalliy manbalarga ko‘ra, erkakka qiz to‘qqiz yoshga to‘lgunga qadar unga uylanishi taqiqlangan.

Hilmandning ayrim aholisi va shifokorlar yosh turmush qurishdan xavotir bildirib, bunday amaliyotlar, ayniqsa, qizlar uchun jiddiy psixologik, ijtimoiy va jismoniy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Ularning ta’kidlashicha, erta turmush qurish nafaqat bolaning kelajagiga tahdid soladi, balki uning ruhiy salomatligi, tabiiy rivojlanishi va ta’lim olish imkoniyatlariga ham salbiy ta’sir qiladi.

“Yoshlikda turmush qurish psixologik va jismoniy qiyinchiliklarga olib kelishi va rivojlanmagan bolani tarbiyalashiga olib kelishi mumkin, bu esa katta ijtimoiy muammoga aylanadi”, degan hilmandlik Qismatulloh Zvak.

Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi fonida yosh bolalar nikohi ko‘paydi. BMT Ayollar tashkilotiga ko‘ra, 2021 yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelib, qizlarning o‘qishini taqiqlaganidan so‘ng Afg‘onistonda erta turmush qurish 25 foizga, voyaga yetmaganlar tug‘ishi 45 foizga oshgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 07.07.2025 11:56

    'Sirdaryoda qaynota o‘z keliniga shahvoniy shilqimlik qildi'ning rasmi

    Dunyo 07.07.2025 11:03

    Sirdaryoda qaynota o‘z keliniga shahvoniy shilqimlik qildi

    Holat yuzasidan qaynonaga nisbatan 5 sutka qamoq jazosi tayinladi.

    'Tramp Rossiya va Ukraina urushi haqida gapirdi'ning rasmi

    Dunyo 07.07.2025 09:55

    Tramp Rossiya va Ukraina urushi haqida gapirdi

    Qo‘shma shtatlar yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi mojaro to‘xtamasligi mumkinlikdan xavotirda.

    'Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumlarni amalga oshirdi'ning rasmi

    Dunyo 07.07.2025 02:25

    Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumlarni amalga oshirdi

    Donetsk viloyatidagi aholi evakuatsiya qilingan.

    'Rossiyada parvozlar izdan chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 07.07.2025 02:14

    Rossiyada parvozlar izdan chiqdi

    Mamlakatda bir kunda 393 reys bekor qilingan.

    'AQSHda “Amerika Partiyasi” ro‘yxatdan o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo 07.07.2025 02:09

    AQSHda “Amerika Partiyasi” ro‘yxatdan o‘tkazildi

    Biroq bunga milliarder Elon Mask aralashgani noma’lum.