AsosiyDunyo

Rossiya soliqchilari Qozog‘istonda ishlagan rossiyaliklardan ikki yillik soliqni undiryapti

Bu esa ikki tomonlama soliqqa tortilish holatini yuzaga keltirdi.

'Rossiya soliqchilari Qozog‘istonda ishlagan rossiyaliklardan ikki yillik soliqni undiryapti'ning rasmi

Rossiyada Federal soliq xizmati (FNS) Qozog‘istonda masofaviy ishlagan fuqarolarga 2022–2023 yillar uchun to‘liq daromad solig‘ini to‘lash talabini qo‘ydi. Bu esa ikki tomonlama soliqqa tortilish holatini yuzaga keltirdi — axir ular bu yillarda Qozog‘istonda allaqachon 5 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan stavkada soliq to‘lashgan edi.

Soliqchilarning talqini bo‘yicha, ish Rossiya hududida turib bajarilgan, shuning uchun daromad solig‘i aynan Rossiyada olinishi kerak. Eng ajablanarlisi — ular bu masalada ishchilarning Qozog‘istonda soliq to‘lagani va 1996 yildan beri ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama soliqdan ozod qilish bo‘yicha konvensiya amal qilishini hisobga olmayapti.

FNS vakillari “Vedomosti” gazetasiga bergan izohida shunday deydi: agar ish xorijda bajarilgan bo‘lsa-yu, biroq xodim Rossiya soliq rezidenti maqomini saqlagan bo‘lsa, u holda u o‘zining xizmat safarini (komandirovka) hujjatlar bilan tasdiqlashi kerak.

Ekspertlarga ko‘ra, bu holat Rossiyada masofaviy ish shaklining ommalashgani va Ukrainaga bosqindan so‘ng ko‘plab rossiyaliklar hamda kompaniyalar Qozog‘istonga relokatsiya qilgani bilan bog‘liq.

    Boshqa yangiliklar