AsosiyDunyo

Zelenskiy va Papa tinchlik masalasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti Rimda Papa Rimlik Lev XIV bilan uchrashib, Rossiya bosqinini to‘xtatishga erishish masalasi haqida gaplashdi.

'Zelenskiy va Papa tinchlik masalasini muhokama qildi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Zelenskiy Vatikan rahbari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng, Vatikanda yetakchilar darajasida muzokaralar o‘tkazish taklifi ochiq qolayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus Rossiya tajovuzini to‘xtatish va haqiqiy, uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadini ko‘zlaydi. Ayni paytda faqat Moskva ushbu taklifni hamda boshqa barcha tinchlik tashabbuslarini rad etmoqda.

Vatikan o‘z bayonotida Papa Lev XIV va Zelenskiy “adolatli va barqaror tinchlik zarurligi” haqida gaplashganini bildirdi. Papa Ukraina xalqiga hamdardlik bildirib, urush qurbonlari uchun ibodat qilgan va asirlarni ozod qilish, umumiy yechimlar izlash yo‘lida harakatlarni rag‘batlantirgan.

Shuningdek, Zelenskiy Papa Lev XIVga Rossiya tomonidan noqonuniy olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarishga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi.

Unga ko‘ra, bu bolalar endi Italiyada reabilitatsiya va dam olish imkoniga ega bo‘lmoqda.

    Boshqa yangiliklar